00:36 / 06.09.2017
27971

Ramzan Qodirov uning Myanma haqidagi so‘zlari buzib talqin qilinganini aytdi

Foto: Said Tsarnayev/RIA «Novosti»

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov telegram-kanalida uning oxirgi kunlarda Myanmada yuz berayotgan vaziyat haqidagi so‘zlari buzib talqin qilinganini aytdi..

“Mening nutqimni buzib va yolg‘on aralashtirib talqin qilishibdi. Bu fikrimcha, ataylab qilingan. So‘ngra bu yolg‘on sababli ba'zi jurnalistlar navbatdagi fitna nazariyasini qura boshlashdi”, deb yozgan Qodirov.

Qodirov Rossiya “hech qachon va hech qanday vaziyatda tahqirlanganlarga yordam ko‘rsatishga qaratilgan choralarga qarshilik qilmasligiga” mutlaq ishonchi komilligini aytgan.

“Dunyoda dini, millati, fuqaroligi va turar joyidan qat'iy nazar, inson huquqlari va manfaatlarini himoyalashda Rossiyadan manfaatdorroq boshqa davlat yo‘q”, deb aytgan Qodirov.

Uning ta'kidlashicha, u Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “sadoqatli askari”,  Rossiya esa “dunyodagi eng adolatli davlat” hisoblanadi. 

4 sentabrda ham Qodirov uning so‘zlari noto‘g‘ri talqin qilinganini yozgan. U shuningdek Myanmadagi zo‘ravonliklarni qoralagani uchun Putinga minnatdorlik bildirgan.

Mavzuga oid
Top