Turkiya Myanmadagi rohingya musulmonlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 1 ming tonna gumanitar yordam yuboradi, deb xabar qilmoqda Interfaks agentligi. Bundan avval Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Myanmaning Rakhayn shtatidagi buddachilar va rohingya musulmonlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarni "musulmonlarni qatliom qilish" deb baholagan edi.

"Prezidentning Myanma tashqi ishlar vaziri bilan muloqotidan so‘ng, ming tonna gumanitar yordamni yuborishga ruxsat berildi", - degan Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin.