17:20 / 07.09.2017
4668

Gretsiya avgust oyida qochqinlarni qabul qilish bo‘yicha rekord natijani qayd etdi

Foto: Anadolu

Egey dengizi bo‘ylab grek orollariga yetib kelayotgan noqonuniy muhojirlar soni 2016 yilning martidan (Turkiya va YeI o‘rtasida qochqinlarga doir kelishuv imzolangan vaqtdan) buyon rekord ko‘rsatkichga yetdi. "Anadolu" shu haqida xabar berdi. 

BMTning qochqinlar masalasi bo‘yicha Oliy komissariyat  boshqarmasining ma'lum qilishicha, avgust oyida grek orollariga Egey dengizi orqali 3695 noqonuniy muhojir o‘tgan, bu esa iyul oyi ko‘rsatkichlaridan (2249 kishi) 64 foizga ko‘p.

Grek orollariga o‘tuvchi noqonuniy migrantlar oqimi sentabrning ilk kunlarida ham to‘xtamadi. Besh kun ichida u yerga o‘tuvchi migrantlar soni 890 kishini tashkil qilgan. 

Anqara va Bryussel o‘rtasida migratsion kelishuv imzolanganidan keyin Gretsiyaga keluvchi migrantlar soni 97 foizga qisqargan. Lesbos, Xios, Kos va Leros orollarida hanuz 14 ming migrant bor.

Mavzuga oid
Top