20:59 / 07.09.2017
8766

Oliy Liga. «Neftchi» yana mag‘lub bo‘lib, ligani tark etish xavfi ostida qoldi

Bugun, 7 sentabr kuni Oliy Ligada 20-tur o‘yinlariga start berildi. Farg‘onada «Neftchi» «Buxoro»ni qabul qildi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda mehmonlar gol urib, g‘alabaga erishdi.

Vladimir Bayenko 39-daqiqada hisobni ochgandi, 69-daqiqada Muzaffar Muzaffarov mezbonlarning javob golini urdi.

Ammo qo‘shimcha daqiqalar o‘tib borayotgan vaqtda Azamat Allaniyozov «Buxoro»ga g‘alaba keltiruvchi golni urdi.

Bu natijadan keyin «Buxoro» ochkolari sonini 36taga yetkazib, turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasiga mustahkam joylashdi. «Neftchi» esa navbatdagi mag‘lubiyatdan keyin 13 ochkosi bilan turnir jadvalining quyi qismida qolmoqda. 15-o‘rindagi jamoa «Obod» bilan birga bu mavsum yakunida ligani tark etishga asosiy da'vogar bo‘lib turibdi. Vadim Abramov shogirdlari 14-o‘rindagi «Sho‘rtan»dan bitta o‘yin ko‘p o‘tkazgan holda 6 ochko ortda bormoqda.

Oliy Liga
20-tur
«Neftchi»
(Farg‘ona) – «Buxoro» (Buxoro) 1:2 
Gollar: Vladimir Bayenko 39, - 0:1. Muzaffar Muzaffarov 69, - 1:1. Azamat Allaniyozov 90+3, - 1:2.
«Neftchi»: O‘tkir Yusupov, Doston Tursunov, Kamron Kapadze (Abdujamol Isroilov, 46), Ibrohim Rahimov, Bobur Yo‘ldoshev, Dilyor Irmatov, Muzaffar Muzaffarov, Mansur Saidov, Jasur Hasanov (Mo‘ydin Mamazulumov, 54), Temur Hakimov, Alisher Shog‘ulomov (Otabek Xaydarov, 67).
«Buxoro»: Akmal Tursunboyev, San'at Shixov (Ergash Ismoilov, 72), Artyom Filiposyan, Robbim Hasanov, Vladimir Bayenko, Alisher Samatov, Tohir Shamsiddinov, Salamat Qutiboyev, Ivan Nagayev (Azamat Allaniyozov, 46), Alisher Sanoyev (Ivor Veytser, 76), Javohir Qaxramonov.

Top