O‘zbekiston | 20:00 / 07.09.2017
43250
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev hafta oxirida Qozog‘istonga boradi

Foto: Facebook / Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 9—10 sentabr kunlari Qozog‘istonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan amalga oshadigan mazkur tashrif doirasida Prezident Mirziyoyev Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrifi davomida Ostona shahrida EKSPO—2017 xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmasining rasmiy yopilish marosimida ishtirok etishi hamda xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama qator uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid