19:00 / 07.09.2017
6069

Trampning Britaniyaga tashrifi bekor qilindimi?

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Trampning Buyuk Britaniyaga tashrifi bekor qilinmadi, biroq uning sanasi hozircha noma'lum. Bu haqda RIA «Novosti» Britaniya bosh vaziri kantselyariyasi rasmiy vakili bayonotiga asosan xabar bermoqda.

«Sana hozircha aniqlanmadi. Trampga taklifnoma yuborilgan. Bu borada o‘zgarishlar yo‘q», - degan bosh vazir vakili brifingda.

Tashrif maqomi hamon davlat tashrifi sifatida rejalashtirilayotgani aytildi.

Avvalroq Julian Assanj Tramp lavozimidan chetlashtirilishini bashorat qilgandi.

Top