12:18 / 08.09.2017
7412

Chimkentda YTH natijasida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana uch kishi jarohatlandi

Qozog‘istonning Chimkent shahrida YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana uch kishi jabrlandi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar bermoqda.

YTH 7 sentabr kuni Yenbekshin tumanida yuz bergan. Politsiyachilarning aniqlashicha, Avezov va Alibekov ko‘chalari kesishmasida soat taxminan 05.30larda 24 yoshli haydovchi boshqaruvidagi BMV va "Deu Neksiya" avtomashinalari to‘qnashib ketgan.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, hodisa joyida "Deu Neksiya"ning 27 yoshli yo‘lovchisi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. O‘zbekistonning 27 va 26 yoshli yana ikki fuqarosi turli jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketildi.

Top