«Yerda besh ballik shkaladan to‘rtinchisida bo‘lgan magnit bo‘roni ro‘y bermoqda. Hodisa kuchi bashorat qilinganidan taxminan o‘n martaga ko‘p. Hozir Yerning tungi qismida bo‘lib o‘tgan Kanadada kuchli qutb yog‘dulari kuzatilmoqda. Bo‘ron butun sayyora miqyosida ro‘y berayapti», - deya xabar matnini keltiradi RIA Novosti.

Ta'kidlanishicha, Quyoshdagi bir necha chaqnashlar – so‘nggi uch kun davomida quyosh tojidagi o‘zgarishlarning tabiiy natijasidir.

Avvalroq Quyoshda bir hafta ichida ikkinchi kuchli chaqnash yuz bergani xabar qilingandi.