21:15 / 08.09.2017
12324

Erdo‘g‘an: Turkiya Yevropa Ittifoqi uchun juda kuchliga aylandi

Foto: kremlin.ru

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Yevropa Ittifoqi davlatlari yetakchilari Anqara kuchaygani sababli o‘zlarini noqulay seza boshlaganlarini aytdi. 

Erdo‘g‘anning aytishicha, Yevropaning yetakchi siyosatchilaridan Turkiya nomiga bildirilayotgan keskin gaplar shu bilan bog‘liqdir.

“Bu birinchi bunday gaplar emas. Biz ularni 15 yildan beri eshitib kelmoqdamiz. Biroq Turkiya avvalgi Turkiya emas. 2023 yilda Turkiya barcha sohalar bo‘yicha umuman boshqa vaziyatda bo‘ladi. Aynan shuning uchun ularga noqulay bo‘lmoqda”, deb aytgan Erdo‘g‘an Istanbuldagi chiqishida. 

U Yevropa davlatlarida Turkiyadagi konstitutsiyaviy referendum oldidan tashviqot kampaniyasini olib borishga to‘sqinlik qilinganini eslatib o‘tdi. 

“O‘sha vaqtdayoq Yevropaning bizga nisbatan pozitsiyasi ma'lum edi. Ular bizga vatandoshlarimiz bilan uchrashishga ijozat bermadilar. Vaholanki, bu ularning emas, bizning referendumga taalluqli bo‘lgan va fuqarolarimizda ovoz berish huquqi bor edi. Biroq G‘arb o‘z davlatlarida terrorchilar yetakchilariga turli kampaniyalar va anjumanlar o‘tkazishga ruxsat beradi. Ularning fikrida faqat Erdo‘g‘an va Turkiya. Ularda saylovlar (bundestagga 24 sentabrda) bo‘ladi va unda nimani istashsa, shuni qilishsin”, deb qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘an.

Bundan avval Erdo‘g‘an Turkiyaning Yevropaga kirishi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatish kerakligini aytgan yevropalik siyosatchilarni tanqid qilgandi. U shuningdek Yevropa davlatlari yetakchilarini Anqara oldida viza tartibini bekor qilish va qochqinlarni qabul qilishda moliyaviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bergan va'dalarini bajarmaganlikda aybladi.

Mavzuga oid
Top