Braziliyalik Endryu Parsons Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi prezidenti lavozimiga saylandi.
Bu haqda XPQning Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida xabar berilgan.
Qo‘mitaning yangi rahbari saylovlari XPQning Abu-Dabidagi bosh assambleyasida bo‘lib o‘tdi.
Parsons XPQ prezidenti lavozimida tashkilotni 16 yil davomida boshqargan Filip Kreyvenni almashtirdi.
Avvalroq Tokiodagi yozgi Paralimpiada-2020’da 537 ta medallar to‘plami o‘ynalishi xabar berilgandi.