12:17 / 08.09.2017
7888

Inesta va «Barselona» muzokaralarida siljish ro‘y berdi

Foto: Marca

«Barselona» yarimhimoyachisi Andres Inestaning otasi Xose Antonio Inesta o‘g‘lining kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma borasida olib borayotgan muzokaralari haqida to‘xtalib o‘tdi

«O‘g‘lim bilan har kuni gaplashaman, u hech qachon yolg‘on gapirmagan. Yangi shartnoma imzolashda qandaydir muammolar bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Andres «Barselona»ga qarshi boshqa kuchli jamoa safida maydonga tusha olmaydi. O‘ylashimcha, hali yana ikki-uch yil «Kamp Nou»da to‘p sura oladi», – deya Inestaning so‘zlarini keltiradi Cuatro nashri.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Inesta «Barselona» prezidenti Jozep Bartomeuning gaplarini inkor qilib kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma borasida kelishib olishga ulgurmaganini bildirgandi. Uning amaldagi shartnomasi joriy mavsum so‘ngida nihoyasiga yetadi.

Top