15:38 / 08.09.2017
20041

Ispaniya La liganing top-o‘yinlarisiz qolishi mumkin

Ispaniya ligasi tashkilotchilari mamlakat chempionatining eng asosiy o‘yinlarini boshqa davlatda tashkil qilishi mumkin. Bu haqda Football Espana nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, bu kelgusi mavsumdan boshlaboq amalga oshirilishi mumkin. Uchrashuvlar Xitoy  yoki AQShda tashkillashtirilishi mumkin.

«Ispaniya chempionati – bu butun dunyo uchun ko‘ngilochar tomosha va biz uning xalqaro miqyosdagi ko‘lamini kengaytirish ustida ish olib bormoqdamiz. Biz uchrashuvlarni boshqa mamlakatlarda o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqmoqdamiz. Hozircha muzokaralar dastlabki bosqichida turibdi. Biz ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlaymiz», – degan liga prezidenti Xaver Tebas.

Mavzuga oid
Top