21:50 / 08.09.2017
17180

Oskar De la Xoyya Konor Makgregorni ikki raunddayoq nokautga uchratishini aytdi

Foto: givemesport.com

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Oskar de la Xoyya Boxingscene nashriga bergan intervyusida irlandiyalik aralash yakkakurash jangchisi Konor Makgregorni ikki raunddayoq nokautga uchrata olgan bo‘lishini aytdi.
  
“Floyd Meyuezer hozir sayyoramizdagi eng yaxshi bokschidir. Biroq nima uchun u Makgregorni 2-3 raundda nokaut qila oladigan bir paytda u bilan 10 raund ivirsib yurdi?”, deb hayrat bildirgan bokschi. 

44 yoshli sobiq bokschining aytishicha u Makgregorni ikki karra tezroq nokaut qilgan bo‘lardi: “Jangda imkoniyatlar 50 ga 50 bo‘ldi, deyishganda, hech tushunmayman. Oxirgi yillarda Meyuezer eng yaxshi bokschi-mi? Ha. U barcha zamonlarning eng yaxshi 10 bokschisi ichida bo‘ladimi? Shubhasiz. Va boshqa hech qanday savollar bo‘lishi mumkin emas”.

De la Xoyya Makgregor va Meyuezer jangidan oldin bu jangni boksga hurmatsizlik deb atagandi. 

De la Xoyya faoliyatida 45 ta jang o‘tkazib, undan 39 tasida g‘alaba qozongan, 6 tasida mag‘lub bo‘lgan. 2007 yilda u Meyuezerga hakamlar qarori bilan yutqazgan. “Oltin bola” oxirgi jangini 2015 yilda o‘tkazgach, faoliyatini tugatgan.

Mavzuga oid
Top