19:22 / 08.09.2017
7409

Tramp Qatar amiri bilan terrorizmga qarshi kurash va Eronni muhokama qildi

Foto: Shutterstock

AQSh prezidenti Donald Tramp Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad al-Taniy bilan telefon muloqoti o‘tkazdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bermoqda.

Amerika yetakchisi suhbat davomida arab davlatlari tomonidan Ar-Riyodda joriy yilning may oyi oxirida erishilgan kelishuvlarga rioya etish muhimligini ta'kidlab o‘tdi. Xususan, Tramp terrorizm va ekstremistik mafkura bilan kurashda birdamlikni saqlab qolishga chaqirdi.

«Shuningdek, prezident Tramp va amir al-Taniy Eron tomonidan mintaqaviy barqarorlik uchun saqlanib qolayotgan tahdidni ham muhokama qildilar», - deyiladi xabarda.

Avvalroq 4 arab davlati Qatar bo‘yicha bayonot bilan chiqqani xabar berilgandi.

Top