09:04 / 08.09.2017
3998

WSJ: Apple yangi iPhone smartfonlarini yetkazib berishda taqchillikka duch kelishi mumkin

Foto: Getty Images

Amerikaning Apple korporatsiyasi 12 sentabr kuni taqdimoti bo‘lishi kutilayotgan iPhone smartfonlarini yetkazib berishda taqchillikka dch kelishi mumkin, deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Nashrning qayd etishicha, korporatsiya shu yil yozida yangi smartfonlarni yig‘ishda kutilmagan qiyinchiliklarga duch kelgan. Shu munosabat bilan ularni ishlab chiqish 1 oyga kechiktirildi. Apple korporatsiyasi pudratchisi hisoblangan Foxconn kompaniyasi esa Xitoyning Chjenchjou shahridagi zavodi quvvatini oshirishga majbur bo‘ldi.

Gazetaning yozishicha, bu ko‘rilgan choralar yetarli bo‘lmasligi ehtimol. Shu sababli yangi iPhone buyurtma qilgan mijozlar smartfonlarni olishda uzoqroq kutishlariga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Top