AQSh va Meksika chegaralari o‘rtasidagi devor uzra ulkan bolaning oq-qora rangli surati paydo bo‘ldi. Bola go‘yoki Meksika tomondan turib, AQSh hududiga qarab turgandek taassurot qoldiradi. Surat Tekate nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida o‘rnatilgan.
Ushbu suratni fransiyalik rassom JR o‘rnatgan. U bu g‘oyasi bilan muhojirlar muammosiga jamoatchilik e'tiborini qaratmoqchi bo‘lgan.
Ushbu ish rassomning birinchi ijod mahsuli emas. Bunday suratlar Parijda, Rio-de-Janeyrodagi binolarda hamda Falastin va Isroil o‘rtasidagi devorda ham o‘rnatilgan. Ularning barchasi ijtimoiy muammmolar haqida fikr yuritishga chaqiradi.