18:10 / 09.09.2017
57728

Byuro xodimlariga yangi xizmat mashinalari topshirildi

Foto: Toshkent viloyati prokuraturasi

Toshkent viloyatida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi hududiy bo‘linmalari boshliqlariga idoraning logotipi aks etgan yangi xizmat avtomashinalari topshirildi. 

Shuningdek Byuroning davlat nazoratchilariga xizmat mopedlarining kalitlari topshirildi.

Tadbirda Toshkent viloyat hokimi Sh.Boboyev, viloyat prokurori J.Fayziyev, Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi boshlig‘i A.Qodirov va boshqarmaning xodimlari, shuningdek OAV vakillari ishtirok etishdi.

Byuroning moddiy-texnik ta'minotini yaxshilash idora va uning xodimlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Foto: Toshkent viloyati prokuraturasi
Foto: Toshkent viloyati prokuraturasi

Xususan, Byuro tashkil etilgan davrdan buyon idoraning Toshkent viloyati boshqarmasi organlari tomonidan 600 mlrd. so‘mdan ziyod undiruvlar amalga oshirilgan.

Top