Sportchining rafiqasi 2014 yilda Nyu-York atletik komissiyasiga da'vo arizasi bilan chiqib, Abdusalomovning Mayk Peres bilan janggi vaqtida besh shifokordan iborat brigada va jang inspektori o‘z vazifalariga sovuqqonlik bilan qarashganini ma'lum qilgan. Rossiyalik bokschi Nyu-Yorkda 2013 yilning 2 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan jangdan so‘ng sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy muammolarga uchragan.
Bahsda ishlagan shifokorlar xatoga yo‘l qo‘yishgan va jangdan so‘ng rossiyalik bokschini shifoxonaga olib bormaslikka qaror qilishgan. Shifoxonada esa Abdusalomovning miyasiga qon quyilgan, u tezlik bilan jarrohlik amaliyotidan o‘tkazildi va sun'iy koma holatiga tushirildi. Shundan so‘ng bokschi falaj bo‘lib qoldi, gapirish va mustaqil harakatlanish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.











