09:36 / 09.09.2017
17770

Fergyuson nima uchun Zidanni xarid qilmagani ma'lum bo‘ldi

Foto: Getty Images

"Manchester Yunayted" 1996 yilda Zinedin Zidanni xarid qilmoqchi bo‘lgan. Bu haqda klub sobiq raisi Martin Edvards BBC Radio 5 Live efirida aytib berdi. 

"Zidan va Erik bitta pozitsiyada o‘ynashgan va Fergyuson Zidanni taklif qilsak, Erikni xafa qilishimizni his qilgan. Ortga boqib, men afsuslanaman, chunki Kantona bir yildan so‘ng faoliyatini yakunladi, Zidan esa yoshroq va o‘ynashda davom etishi mumkin edi", – dedi Edvards. 

Zinedin Zidan 1996 yilda "Yuventus"ga o‘tgan, 2001 yilda esa "Real Madrid" tarkibi qo‘shilib, 5 yildan so‘ng futbolchilik faoliyatini yakunlagan. 

Top