IIV tizimida yangi lavozim tayinlovlari ro‘y berdi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar qilmoqda.
Xususan, podpolkovnik Mirzaimom Mirzarahmedov – IIV Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga,
podpolkovnik Tohir Kazakov – Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga,
podpolkovnik Abdumannopxo‘ja Ahmedov – Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga,
podpolkovnik Ilhomjon Xalilov – Surxondaryo viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga,
podpolkovnik Anvar Normamatov – Surxondaryo viloyati Uzun tumani IIB boshlig‘i lavozimiga,
mayor Eldor Alkarov – Samarqand viloyati IIB Transportda jamoat xavfsizligini ta'minlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.