Angliyalik hujumchi Harri Keyn Angliya premer-ligasining 4-turida «Everton»ga qarshi uchrashuvda «Tottenhem» uchun o‘zining 100-golini urdi.
Futbolchi uchrashuvning 28-daqiqasida hisobni ochgandi. Bu Keynning barcha musobaqalarda London klubi uchun kiritgan 100-yubiley goli bo‘ldi.
46-daqiqada Keyn yana bir to‘p kiritib, dublga erishdi.