16:52 / 09.09.2017
10938

NATO bosh kotibi jahondagi vaziyat xavfli ekanini ma'lum qildi

Foto: Global Look Press

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning fikricha, jahondagi vaziyat so‘nggi yillarda xavfli ko‘rinish oldi.

U bu haqda The Guardian gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, uning 30 yillik faoliyati davomida jahondagi vaziyat to‘qnash kelishga majbur bo‘lingan turli muammolar fonida «kutilmagan hamda murakkab»ga aylandi.

«Biz Shimoliy Koreyada ommaviy qirg‘in quroli qanday tarqalayotganini ko‘rmoqdamiz, biz terrorchilar, beqarorlik va qat'iy Rossiya bilan ish olib borishga majburmiz. Bu juda xavfli dunyo», - deya ma'lum qildi Stoltenberg.

Avvalroq Stoltenberg Yevroittifoq NATOsiz kun ko‘ra olmasligi haqida gapirgandi.

Top