19:15 / 09.09.2017
12054

Oliy liga. Sergeyevning dubli «Paxtakor»ga g‘alaba keltirdi

Oliy liganing 20-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Bekobodning «Metallurg» klubi Toshkentning «Paxtakor» klubini qabul qildi.

Uchrashuvning 16-daqiqada «Paxtakor» himoyasidagi qo‘pol xatodan unumli foydalangan Zohid Abdullayev hisobni ochgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay Igor Sergeyev farqni yo‘qqa chiqardi. Bo‘lim so‘nggida O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisining goli poytaxtliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning so‘nggi qismida «Metallurg» bor kuchi bilan hujumga tashlanishidan foydalangan mehmonlar vakili Doston Ibrohimov qarshi hujumda bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qilib jamoasiga g‘alaba keltirdi. 

Ushbu g‘alabadan keyin «Paxtakor» hisobidagi ochkolar soni 32taga yetdi va jamoa 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Metallurg» esa 26 ochko bilan 10-o‘rinni band etgan.

Oliy liga. 20-tur

«Metallurg» – «Paxtakor» 1:3 (1:2)
Gollar: Zohid Abdullayev (16) – Igor Sergeyev (18, 45+2) Doston Ibrohimov (90+5).
«Metallurg»: Zafar Safayev, Abror Xusinov, Hikmat Hoshimov, Dilmurod Karimov (Muhammadjon Sultonov, 50), Doniyor Odilov, Ayubxon No‘'monov, Sanjar Qodirqulov, Davron Karimqulov, Zohid Abdullayev, Islombek Isoqjonov, Jahongir Abdumo‘minov.
«Paxtakor»: Aleksandr Lobanov, Akbarjon Ismatullayev (Davron Hoshimov, 46), Azim Ahmedov, Igor Sergeyev (Jasurbek Hakimov, 81), Suxrob Nurulloyev, Kamoliddin Tojiyev, Vladimir Kozak, Gidi Kanyuk, Marko Simich, Tiago Bezerra (Doston Ibrohimov, 72), Rostin Griffits.
Ogohlantirishlar: Odilov (3), Abdumo‘minov (34), Sultonov (72) — Tojiyev (38), Griffits (40).

Top