SAVOL: Ishga bir kun sababsiz kelmasa rahbariyat hayfsan berishga haqqi bormi? Birinchi marotaba bo‘lsa ogohlantirish kerak emasmi?
JAVOB: Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralari sifatida hayfsan qo‘llashga haqli:
Mehnat kodeksining 182-moddasiga asosan Intizomiy jazo qo‘llanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim. Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi uning ilgari sodir qilgan nojo‘ya xatti-harakati uchun jazo qo‘llashga to‘siq bo‘la olmaydi.
Intizomiy jazoni qo‘llanishda sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatning qay darajada og‘ir ekanligi, shu xatti-harakat sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi.
Har bir nojo‘ya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qo‘llanishi mumkin.
Savolga huquqshunos Nafisa Usmonova javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.