18:38 / 09.09.2017
30688

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 9 sentabr kuni Ostona shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Avval xabar qilinganidek, davlat rahbari Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida ishtirok etadi. 

Prezident tashrif doirasida Ostona shahrida "EXPO – 2017" xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmasining rasmiy yopilish marosimida ishtirok etishi hamda xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. 

Top