10:25 / 09.09.2017
10693

Tojikiston iqtisodiyotida tarixiy voqelik: respublika obligatsiyalari jahon birjasida sotila boshlandi

Foto: Asia-Plus

2017 yil 7 sentabr kuni Tojikiston jamoatchiligi e'tiboriga tushmagan muhim bir voqelik yuz berdi. U so‘nggi vaqtlardagi eng tarixiy hodisalardan biridir, deyiladi Asia Plyus agentligida chop etilgan maqolada. Bu xabarni jahonning barcha yetakchi OAV: Financial Times, Bloomberg, Reuters, RBK kabilar yoritdi.

Gap shundaki, Tojikiston respublikasi o‘z tarixida birinchi marotaba ochiq obligatsiyalar bozoriga chiqdi. Buni qandaydir respublikaning IPO (Initial Public Offering) amaliyoti deyish ham mumkin. Mamlakat qisqa vaqt ichida ikki yetakchi reyting agentliklarid reytingiga erishib, bitimda anderrayterlar sifatida ishtirok etgan ikki xalqaro bank manfaatlariga ega bo‘lgan. Endilikda, respublikaning dollarli obligatsiyalari qimmatli qog‘ozlar ochiq bozorida sotiladi.

Foto:  Asia-Plus

Uning asosiy ustunliklari shundan iboratki, u birinchi marta savdoga chiqarilmoqda, Tojikiston haqida ko‘pchilik bilmaydi. Tojikiston zahiralari ortib bormoqda, bugungi kunda bu raqam 800 mln dollarni tashkil etadi. Tashqi qarzdorlik 2,5 mlrd dollar bo‘lib, YaIMning 40 foizidan pastdir. 

Foto:  Asia-Plus

Shu bilan birga byudjyet taqchilligi mavjud bo‘lib, u yiliga 34 mln dollarni tashkil etadi. Bu esa, Tojikistonning Xitoyga gaz tranzitidan oladigan mablag‘laridan ancha kamdir. Rog‘un GESdan tushadigan daromad esa yiliga 800 mln dollarni tashkil etishi taxmin qilinayapti. Ayni vaqtda, ushbuGESning bosh pudratchisi Salini Impregilo bilan 4 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan shartnoma imzolangan.

Foto:  Asia-Plus

 

Top