11:36 / 10.09.2017
6472

Xitoy KXDRga neft mahsulotlari eksportini 75 foizga kamaytirdi

Joriy yilning may oyidan iyuliga qadar Xitoydan Shimoliy Koreyaga eksport qilinuvchi neft mahsulotlari hajmi 75 foizga qisqardi. Kyodo agentligi shu haqida xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Xitoyning KXDRga neft mahsulotlari eksporti may oyidan iyulga qadar 75 foizga qisqargan. Benzin ta'minoti ham shular jumlasidandir. 

Biroq shunga qaramay, Xitoydan Shimoliy Koreyaga xom neft yetkazib berish avvalgi darajada saqlanib qolgan.

Bundan tashqari, KXDR fuqarolarining Xitoy banklaridagi hisoblari qisman muzlatilgani haqida xabar qilingan. Ba'zi banklarda Shimoliy Koreya fuqarolarining yangi hisob raqami ochishi, shuningdek pul o‘tkazmalarini amalga oshirishi taqiqlangan. Bu Xitoyning Shimoliy Koreyadagi vodorod bombasi sinovlariga javob sanksiyasining bir shakli bo‘lishi mumkinligi ham taxmin qilinmoqda. 

Top