11:15 / 10.09.2017
6679

Meksika qirg‘oqlarida 5,7 magnitudali zilzila ro‘y berdi

Foto: RIA "Novosti"

Teuantepek ko‘rfazida, Meksika qirg‘oqlarida 5,7 magnitudali zilzila qayd etildi, deya xabar beradi AQSh Geologiya xizmati (USGS).

Yer silkinishi shanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:07da qayd etilgan. Zilzila markazi Paredon aholi punktidan 80 kilometr masofada joylashgan. Zilzila o‘chog‘i esa 53 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. 

Hozircha qurbonlar va vayronalar haqida ma'lumotlar olinmagan.

Ta'kidlash joizki, juma kuni Meksika qirg‘oqlarida 8,2 magnitudali yer silkinishi qayd etilgan. Zilzila markazi Tres-Pikos aholi punktining janubi-g‘arbidan 119 kilometr narida bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i esa 33 kilometr chuqurlikda joylashgan. Tinch okeani to‘fondan ogohlantirish markazi (PTWC) to‘fon vaqtida to‘lqinlar balandligi 1 metrga yetganini ma'lum qilgan. 

Top