00:36 / 10.09.2017
10804

Nazarboyev va Erdo‘g‘an uchrashib, ba'zi masalalar bo‘yicha kelishib olishdi

FOTO: AKORDA.KZ

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev qozoq yerida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni quchoq ochib kutib oldi va unga tashrif buyurgani uchun minnatdorlik bildirdi.

“Qancha uchrashuv o‘tkazmaylik, muhokama uchun har doim dolzarb masalalar mavjud bo‘ladi. Dunyoda hozirgi vaziyat ancha murakkab. Shu sababli tez-tez uchrashib, vujudga kelayotgan muammolarni muhokama qilish kerak. O‘tgan chorak asr davomida Qozog‘iston va Turkiya o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar do‘stona, birodarlik ruhida rivojlanib kelmoqda”, deb aytgan Nazarboyev.  

FOTO: AKORDA.KZ

Nazarboyevning ta'kidlashicha, Erdo‘g‘anning Qozog‘istonga so‘nggi safarida iqtisodiyot sohasida bir qator kelishuvlarga erishilgan.

Nazarboyev Erdo‘g‘anga 10 sentabrda Ostonada o‘tadigan fan va texnologiyalar bo‘yicha Islom hamkorligi tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun minnatdorlik izhor etgan.     

Shuningdek, Nazarboyev Suriyadagi ixtilofni hal qilish bo‘yicha Ostona muzokaralarining 6-raundi bo‘lib o‘tishiga e'tibor qaratdi. Bu raund Ostonada 14 sentabrda bo‘ladi.

FOTO: AKORDA.KZ

Erdo‘g‘an ham Qozog‘istonga kelish taklifi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirgan. Erdo‘g‘anning aytishicha, Turkiya Qozog‘iston bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy, harbiy-sanoat sohalarida hamkorlik uchun barcha say'-harakatni amalga oshirmoqda.

“Ayni vaqtda Turkiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 2 mlrd dollarga yaqinni tashkil qiladi va men buni yetarlicha ko‘rsatkich deb hisoblamayman. Kelishuvlarga ko‘ra, bizning maqsad tovar aylanmasini 5 mlrd dollargacha oshirishdan iborat. Fikrimcha, davlatimiz salohiyati bunday darajaga yetishga imkon beradi”, deb  aytgan Erdo‘g‘an.  

FOTO: AKORDA.KZ

 

Mavzuga oid
Top