13:10 / 11.09.2017
84478

Buxorolik fuqaro o‘z uyidan bir xum kumush tanga topdi

Foto: O‘zbekiston24

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi Saidkent qishlog‘ida yashovchi Erkin Mo‘minov yangi uy qurish uchun qazilma ishlari olib borayotgan paytda 1.5 metr chuqurlikdan bir ko‘za kumush tangalar topib oldi. Bu haqda «O‘zbekiston24» telekanali sayti xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, yer ostida qariyb 7 asrdan buyon saqlanib kelgan mazkur 816 dona kumush tanga fuqaro tomonidan Buxoro davlat badiiy me'morchilik muzeyiga topshirilgan. 

Top