08:03 / 11.09.2017
14220

“Irma” dovuli Floridaga yopirildi

Foto: Reuters

“Irma” dovuli AQShning Florida shtati sohillari yaqinidagi Marko oroliga yopirildi. Bu haqda AQShning milliy meteorologik markazi ma'lum qildi.

Dovul orolga mahalliy vaqt bilan 10 sentabr soat 15.35da yetib kelgan va shimoliy yo‘nalishda soatiga 19 km tezlik bilan harakatlanishda davom etgan. Mutaxassislarning fikricha, 4-toifadagi dovulgacha kuchaygan “Irma” yaqin soatlarda Sent-Pitersberg shahriga yopiriladi. Shundan keyin “Irma” shimolga – shtat poytaxti Tallaxassi tomon ketadi. Bu vaqtga kelib dovul kuchi 3-xavflilik darajasigacha pasayadi.  

Hukumatning prognozlariga ko‘ra, dovuldan u yoki bu tariqa 30 mln dan ko‘proq kishi jabr ko‘rishi mumkin. Floridaning 6,3 mln lik aholisi evakuatsiya qilinishi belgilangan. 114 mingga yaqin kishi 500 ta vaqtinchalik panagohlarda joylashtirib bo‘lingan.

AQSh prezidenti Donald Tramp va Florida gubernatori Rik Skott Atlantika bo‘yida yashovchi odamlarni Tangridan madad so‘rashga va barchasi yaxshilik bilan tugashiga umid qilishga chaqirdilar. Vashingtonda Floridaga istalgan yordam ko‘rsatishga va'da berilgan. 

Mutaxassislarning fikricha, “Irma” avgust so‘ngida Texasga yopirilgan va falokatli toshqinlarga olib kelgan “Harvi” dovulidan ham kuchliroqdir. Avvalroq Kuba va Karib havzasining bir qator orollari “Irma” zarbasiga uchradi. Bu joylarda tabiiy ofatdan 1,2 mln kishi jabr ko‘rdi. Jumladan, dovul Barbados orolidagi deyarli barcha binolarni vayron qildi va Puerto-Riko aholisini elektr ta'minotisiz qoldirdi. Dovul, shuningdek, Britaniya Virginiya orollari, Sen-Marten, Sen-Bartelemi hamda Sent-Kits va Nevisda ham talofotlar keltirib chiqargan.

Mavzuga oid
Top