Jahon | 20:08 / 11.09.2017
11015
1 daqiqa o‘qiladi

Myanma hukumati BMT inspektorlarini Arakanga qo‘ymadi

Foto: salamnews.org

Myanma hukumati BMTning Inson huquqlari kengashi inspektorlarini Arakandagi vaziyatni o‘rganishga qo‘ymadi. Bu haqida BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad Al-Husaynning so‘zlariga asoslanib, "Anadolu" agentligi xabar berdi. 

Zayd Raad Al-Husaynning so‘zlariga ko‘ra, Arakandagi vaziyat o‘quv darsliklaridagi etnik tozalash tushunchasini yodga soladi. 

Myanma shimolidagi Arakan shtatida yashovchi musulmonlarga hujumlar 25 avgustdan kuchaydi va ular ommaga "qurollangan jangarilarga qarshi kurash" sifatida keltirilmoqda. Mintaqadagi gumanitar vaziyat keskin yomonlashgan. Bangladeshga qochgan arakanliklar soni 290 mingga yetdi. 

Yevropa musulmon-rohingyalar kengashi matbuot kotibi Anita Shugning ma'lum qilishicha, Arakan shtatida uch kun ichida harbiylar va buddistlar hujumlari natijasida 2-3 ming musulmon halok bo‘lgan. 

Mavzuga oid