08:08 / 11.09.2017
11890

Rayola Dibala «Yuventus»dan ketib, qaysi jamoaga o‘tishi mumkinligini taxmin qildi

Foto: Getty Images

Janluiji Donnarumma, Zlatan Ibrahimovich va Pol Pogba kabi futbolchilar manfaatini himoya qiluvchi taniqli agent Mino Rayola argentinalik hujumchi Paolo Dibala «Yuventus»dan ketishi haqida gapirdi. Shuningdek, u «Milan» top-menejmenti faoliyatini keskin tanqid qildi.
 
«Menda bosh direktor Marko Fassone va sport direktori Massimiliano Mirabelliga shaxsiy adovat yo‘q. Menda faqatgina bir muammo bor – ularning «Milan»dagi loyihasiga ishonmayman.

O‘ylashimcha, Dibala «Yuventus»ni tark etadi. Uning yoshida yetakchi bo‘lish oson ish emas. Men uni «Real» yoki Manchesterda - «Siti» yoxud «Yunayted»da muvaffaqiyatli to‘p surayotganini ko‘rmoqchiman», - deya xabar berdi Rayola RAI Sport efirida.

Mavzuga oid
Top