15:40 / 11.09.2017
7719

Jyerrard: Rio va Nevilldan nafratlanganman

Foto: The Sun

«Liverpul» futbol klubi sobiq sardori Stiven Jyerrardning ma'lum qilishicha, «Manchester Yunayted» himoyachilari va Angliya termasi bo‘yicha jamoadoshlari Ferdinand hamda Nevilldan nafratlangan.

«Sen tribunalar ostida Rio va Gari Nevillning ro‘parasida turganingda, ularni mag‘lub etish uchun barcha ishni qilishni xohlaysan. Senda nafrat uyg‘onadi – men bilan ham aynan shunday bo‘lgandi. Ular bilan Angliya terma jamoasida uchrashganimda, ular menga go‘yoki yoqishini ko‘rsatgandek bo‘lardim. Faqatgina sening va ularning faoliyati yakunlangach, haqiqiy do‘stlik boshlanadi. 

Hozir Ferdinandni faqat hurmat qilaman, sababi u butun umri davomida buyuk klublar uchun to‘p surgan. Endi esa u bilan telekanalda ishlashdan zavqlanmoqdaman», - deya uning so‘zlarini keltiradi Metro News.

Mavzuga oid
Top