Jahon | 08:24 / 12.09.2017
9347
1 daqiqa o‘qiladi

12 sentabrda Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasi ochiladi

Foto: SS0

12 sentabrda Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasi ochiladi. Birinchi yig‘ilish mahalliy vaqt bilan soat 15:00da (Toshkent vaqti bilan 13 sentabr soat 00:00) bo‘lib o‘tadi.

Yig‘ilganlar oldida 72-sessiyaning raisi, Slovakiya tashqi ishlar vaziri Miroslav Laychak qutlov nutqi bilan chiqish qiladi. An'anaviy ravishda “duolar va fikrlar uchun” bir daqiqalik sukut saqlanadi. Bundan tashqari, mamlakatlar delegatsiyalari akkreditatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi tuzilma – vakolatlarni tekshirish qo‘mitasi a'zolarini tayinlash jarayoni bo‘lib o‘tadi.   

11 sentabrda BMTda Bosh assambleya 71-sessiyasining yopilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish sermahsul ish uchun delegatsiyalarga minnatdorlik bildirgan.

 

Mavzuga oid