Axborot yosh toifalari bo‘yicha tasniflanadi

Foto: Getty Images
8.09.2017 yildagi O‘RQ-444-son «Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Hujjat «Xalq so‘zi» gazetasida e'lon qilingan bo‘lib, yarim yildan keyin kuchga kiradi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Ta'kidlash joizki, bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot jumlasiga bolalar (18 yoshga to‘lmagan shaxslar) o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan axborot mahsuloti, shuningdek muayyan yosh toifalaridagi bolalar o‘rtasida tarqatilishi cheklangan axborot mahsuloti kiradi (quyidagi jadvalga qarang).
Axborot, deganda quyidagilar tushuniladi:
• OAV mahsuloti;
• bosma mahsulot;
• har qanday turdagi tashuvchilardagi audiovizual mahsulot;
• DTdan foydalangan holda tarqatiladigan, telekommunikatsiya tarmoqlariga, shu jumladan Internetga joylashtiriladigan axborot;
• kompyuter o‘yinlari;
• tomoshabop tadbirlar vositasida tarqatiladigan axborot.
Axborot mahsuloti ishlab chiqaruvchilari va (yoki) tarqatuvchilari uni tarqatish boshlanguniga qadar yoshga oid tasnifini belgilaydi. Buning uchun O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida akkreditatsiyadan o‘tgan ekspertlar jalb etilishi mumkin.
Shu tariqa, har bir axborot mahsuloti bolalarning 5 ta yosh toifasidan biriga aloqador bo‘lishi va tegishli belgi qo‘yilgan bo‘lishi darkor.
«0+» - yetti yoshga to‘lmagan bolalar uchun axborot mahsuloti;
«7+» - yetti yoshga to‘lgan bolalar uchun axborot mahsuloti;
«12+» - o‘n ikki yoshga to‘lgan bolalar uchun axborot mahsuloti;
«16+» - o‘n olti yoshga to‘lgan bolalar uchun axborot mahsuloti;
«18+»- bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti.
Yoshga oid tasniflash chog‘ida axborot mahsuloti quyidagi baholanadi:
• uning mavzusi, janri, mazmuni va badiiy bezagi;
• muayyan yosh toifasidagi bolalar tomonidan undagi axborotning idrok etilish xususiyatlari;
• undagi axborotning bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazish ehtimoli.
Mavzuga oid

13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi

17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi

13:53 / 19.04.2025
O‘zbekiston Axborot kodeksini qabul qilish rejalashtirilmoqda

20:06 / 14.04.2025