Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh davlat qarzi tarixda birinchi bor 20 trln dollardan oshib ketdi
Foto: TACC
AQSh davlat qarzi o‘tgan juma kuni tarixda birinchi marta 20 trln dollarlik ko‘rsatkichdan oshib ketdi. Bu haqda The Washington Examiner nashri xabar bermoqda.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, qarz mart oyi o‘rtalarida 19,84 trln dollarlik darajada muzlatib qo‘yilgandi. Moliya vazirligi federal hukumat o‘zlashtirmalarsiz faoliyat olib borishi uchun katta sa'y-harakatlarni amalga oshirdi. Bu Oq uyga o‘tgan hafta oxirida davlat qarzi bo‘sag‘asini vaqtinchalik oshirish haqida qonun qabul qilgan Kongress bilan maslahatlashuvlar o‘tkazib olish uchun vaqt berdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp qonunni juma kuni imzoladi, bu mablag‘larni o‘zlashtirish jarayonini tiklashga imkoniyat yaratdi. Shu bilan birga, davlat qarzining yangi limiti davlat muassasalariga faqatgina 8 dekabrga, Kongressda 2018-moliyaviy yil uchun federal byudjyet ustida ish davom etayotgan paytgacha ishlashga imkon beradi.
Amerika davlat qarzi holatini kuzatib boruvchi portal ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda uning miqdori 20,16 trln dollarga teng, bu mamlakat YaIMdan 100 foizga ko‘p. U 19,3 trln dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
19:11
Xitoy AQShning 20ta kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
15:14 / 27.12.2025
Xitoy Tayvan tufayli AQShga qarshi sanksiyalar joriy qildi
14:06 / 27.12.2025
OAV: AQSh ishchilar sinfi orasida Tramp reytingi rekord darajada tushib ketdi
10:25 / 27.12.2025