09:22 / 12.09.2017
16901

AQShning eng qudratli shtati Trampga qarshi chiqmoqda

Foto: Reuters

Dushanba kuni AQShning Kaliforniya va yana boshqa uchta shtati prezident Donald Tramp ma'muriyati tomonidan ishlab chiqilgan "AQShga noqonuniy kirib kelgan voyaga yetmagan shaxslarni himoya qilishni bekor qilish" to‘g‘risidagi loyiha yuzasidan sudga murojaat qildi.

Kaliforniya shtati bosh oqlovchisi Xaver Beserraning aytishicha, DACA dasturining bekor qilinishi va immigrantlar huquqlari himoya qilinmasligi ayni tashqi mehnat kuchiga asoslangan iqtisodiyotga ega shtatlarning rivojlanishiga bolta uradi.

Shuningdek, San-Frantsiskoda boshlangan federal sud ishida Minnesota, Merilend va Mayne ma'muriyat birliklari ham ishtirok etmoqda.

Bundan avval, Donald Tramp sobiq prezident Barak Obama tomonidan 2012 yil ishlab chiqilgan DACA loyihasi va uning shafeligida qonuniy himoyaga ega bo‘lgan 800 ming aholining manfaatlarini inkor etishini ta'kidlagandi. Buning izohi oddiygina qilib, Dreamers, ya'ni "Orzumandlar" ish o‘rni yaratish loyihasini amaliyotda joriy etish uchun islohotlar zarurligi bilan tushuntirilgan.

Ammo, DACA loyihasi ostida ish bilan ta'minlangan immigrantlar ishsiz qoladigan bo‘lsa, majburiy sug‘urta tovonini talab qilish haqiga ega bo‘ladi, bu esa davlat byudjyetidan yanada ko‘proq mablag‘ ketishini anglatadi.

Mavzuga oid
Top