12:15 / 12.09.2017
3996

Buyuk Britaniya YeI qonunlarini bekor qilishni ko‘zda tutuvchi qonun qabul qildi

Foto: Reuters

Britaniya parlamentining Umumpalatasi YeI qonunlarini bekor qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Muxolifatdagi leyboristlar partiyasi qonunni qabul qilishga qarshi chiqdi, ammo hukmron konservatorlar partiyasi ustunlikka ega bo‘ldi. 

«Bekor qilish to‘g‘risidagi qonun»ni 326 deputat ma'qullagan, 290 nafari qarshi chiqqan. Ovoz berish natijasi hujjatni ko‘rib chiqishni davom ettirishga imkon beradi. 

Avvalroq, Buyuk Britaniya Brexit amalga oshgach YeI bilan hamkorlikni davom ettirishi xabar qilingan edi.

Mavzuga oid
Top