Sport | 09:30 / 12.09.2017
30614
10 daqiqa o‘qiladi

Chempionlar ligasi qaytmoqda. Yangi mavsumda eski raqiblar

Bugun, 12 sentabr kuni Yevropada Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga start beriladi. To‘rtta guruhda 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Tribuna.Uz A, V, S va D guruhlaridagi juftliklarga e'tibor qaratadi va e'tiborga molik statistik ko‘rsatkichlarga to‘xtalib o‘tadi. 

BeNFIKA – TsSKA (12 sentabr, 23:45, Match TV)

—  «Benfika» va TsSKA klublari shu vaqtgacha Chempionlar Ligasida to‘qnash kelishmagan. Ularning o‘zaro o‘yinlari 2004/05 yilgi UYeFA kubogiga to‘g‘ri keladi. O‘shanda 1/16 finalda rossiyaliklar o‘z maydonlarida 2:0 hisobida zafar quchgan, Lissabonda 1:1 hisobi qayd etilgandi. Yakunda «armiyachilar» ushbu turnir g‘olibi bo‘lgandi. 

— TsSKA 11-marta (qatorasiga 5-marta) Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ishtirok etmoqda, bu Rossiya jamoalari ichida ikkinchi ko‘rsatkichdir. «Spartak» 12-marta qatnashmoqda. 

— TsSKA ChLning oxirgi 10 uchrashuvida g‘alaba qozona olgani yo‘q — 4 durang, 6 mag‘lubiyat. 

— Ruslar jamoasi bosh murabbiyi Viktor Goncharenko uchun bu to‘rtinchi qatnashuv. Murabbiy avvalgi yillarda BATE klubi bilan musobaqada 3 o‘yin o‘tkazgan. 

MANCheSTeR YuNAYTeD – BAZeL (23:45, Match! Nash Sport)

— «Bazel» shu paytgacha 2 marta «Old Trafford»ga mehmon bo‘lgan va yutqazmagan. 2003 yilning martida 1:1, 2011 yilning sentabrida 3:3 hisobi qayd etilgan. 

— «Manchester Yunayted» avvalgi 20 urinishning 16tasida guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘tgan. Ammo so‘nggi 4 martasining yarmida guruhda qolib ketgan. 

— «Bazel» musobaqadagi so‘nggi 10 uchrashuvning birortasida ham g‘alaba qozona olmayapti, shuningdek, bu o‘yinlarda shveysariyaliklar jamoasi bittadan ortiq gol ura olmagan. 

— Joze Mourino Chempionlar ligasida beshinchi klubini maydonga boshlab keladi. Murabbiy ilgari «Portu», «Chelsi», «Inter» va «Real» klublari bilan turnirda qatnashgan. Faqat Karlo Anchelotti (7), Rafayel Benites (6) va Klaudio Raneri (6) bu borada yaxshiroq ko‘rsatkichga ega. 

— Pol Pogba 32 marta YeChL o‘yinida ishtirok etib, atigi 2 gol muallifi bo‘lgan. 


BAVARIYa – ANDeRLeXT (23:45)

— «Bavariya» oxirgi 21 turnirning 20tasida guruh bosqichida ishtirok etgan. Oxirgi sakkiz mavsumning 6tasida jamoa yarim finalgacha yetib bora olgan. 

— «Bavariya» o‘z maydonidagi so‘nggi 25 o‘yindan 20tasida g‘alaba qozongan. 5 marta mag‘lubiyatga uchragan. 

— Bu «Anderlext»ning YeChL dagi 11-ishtirokidir. Belgiya klubi hech qachon guruh bosqichidan o‘ta olmagan. 

— Robert Levandovski YeChL dagi o‘z debyutidan (2007) buyog‘iga 61 o‘yinda maydonga tushib, 40 gol urgan. Bu davrda o‘ynagan futbolchilar ichida faqat Messi va Ronalduda ko‘proq. 

— «Anderlext» YeChL dagi so‘nggi 37 o‘yinning atigi 3tasida g‘alaba qozongan va faqat 3 uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlay olgan. 

SeLTIK — PSJ (23:45, Match! Futbol 1)

— «PSJ» so‘nggi 5 mavsumda chorak finaldan nariga o‘ta olmayapti. Umuman parijliklar jamoasining eng yaxshi natijasi 1994/95 yilgi mavsumga to‘g‘ri keladi. O‘shanda jamoa yarim finalda «Milan»dan mag‘lub bo‘lgandi.

— Neymar so‘nggi ikki mavsumda 12 marta golli uzatmani amalga oshirgan va u bu borada yetakchidir. Shuningdek, aynan «Seltik»ka qarshi o‘tkazgan 4 uchrashuvida 10 golda ishtirok etgan — 4 gol va 6 assist.

— Dani Alvesh ushbu musobaqadagi o‘z debyutidan so‘ng (2007/08), himoyachilar ichida eng ko‘p gol urgan — 10. Va eng ko‘p golli uzatmani amalga oshirgan — 25. U Roberto Karlosdan keyin 100 dan ortiq o‘yinda maydonga tushgan ikkinchi braziliyalik himoyachidir. 

— «Seltik» bosh murabbiyi Brendan Rojyers 12 marotaba o‘z jamoasini guruh bosqichida boshlab tushib, atigi bir marta «Ludogorets» ustidan g‘alaba qozongan. O‘sha paytda u «Liverpul» klubini boshqargandi. 

— «Seltik» YeChL dagi so‘nggi 14 o‘yindan buyon atigi bir marotaba g‘alaba qozongan — 2013 yilda «Ayaks» ustidan. 

 

CheLSI – QORABOG‘ (23:45)

— Ozarlar Chempionlar Ligasida debyut qilmoqda. «Qorabog‘» avval ham ingliz jamoasi bilan to‘qnash kelgan. 2015/16 yilgi mavsumda Yevropa Ligasida jamoa Londonning boshqa bir klubi «Tottenhem» bilan bir guruhda o‘ynab, ikki o‘yinni boy bergan: 1:3 safarda va 0:1 Bokuda. 

— Eden Azar YeChL dagi so‘nggi 12 o‘yinda atigi 1ta gol urgan xolos, u ham bo‘lsa, penaltidan.

— Bu Antonio Kontening uchinchi YeChL mavsumidir. Murabbiyning eng yaxshi ko‘rsatkichi 2012/13 yilgi mavsumda «Yuventus» bilan bo‘lgandi. Turinliklar jamoasi o‘shanda chorak finalgacha yetib borishgan. 

— «Chelsi» YeChL guruh o‘yinlaridagi oxirgi 13 o‘yindan atigi bittasida mag‘lub bo‘lgan. Shuningdek, «Chelsi» «Stemford Brij»da o‘tgan guruh o‘yinlarining so‘nggi 24tasida maydonni golsiz tark etmagan. 

ROMA – ATLeTIKO M (23:45, Match! Arena)

— «Roma» YeChL dagi so‘nggi 13 o‘yinda atigi bir marotaba g‘alaba qozongan (2015 yilning noyabrida «Bayyer» ustidan 3:2 hisobida). 

—  «Roma» turnirdagi so‘nggi 22 o‘yinida atigi bir marotaba, BATEga qarshi o‘yinda (0:0) o‘z darvozasini daxlsiz saqlay olgan xolos. Bu o‘yinlarda rimliklar 51 marta o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqishgan.

— Diyego Simeone jamoasi har o‘yinda o‘rtacha 0.67 gol o‘tkazgan — 48 o‘yinda 32 gol. Bu ko‘rsatkich YeChL da 20dan ortiq o‘yin o‘tkazgan murabbiylar uchun eng yaxshi natijadir. 

— So‘nggi to‘rt mavsumda faqat Madridning «Real» (51) klubi «Atletiko»dan (48) ko‘ra ko‘proq o‘yin o‘tkazgan. 

— Antuan Grizmann so‘nggi ikki mavsumda YeChL da jamoasi gollarining yarmida ishtirok etgan — 13 gol, 3 assist.


BARSeLONA – YuVeNTUS (23:45, Match! Futbol 2)

— «Barselona» so‘nggi 16 guruh o‘yinining 13tasida g‘alaba qozongan va guruhlardagi oxirgi 44 o‘yinning 43tasida raqib darvozasi ishg‘ol qilingan. 

— «Yuventus» 18-marta YeChL guruh bosqichida ishtirok etmoqda. Bu Italiya klublari ichida eng yaxshi ko‘rsatkichdir. «Milan» klubi 17 marotaba ishtirok etgan. 

— Leo Messi musobaqada 94 gol urgan, bu Krishtianu Ronaldu (105) dan keyingi ko‘rsatkichdir. O‘tgan musobaqada hujumchi urgan 11 golning 10tasi guruh bosqichiga to‘g‘ri keladi. 

— Ernesto Valverde YeChL da o‘zining to‘rtinchi klubini boshlab tushmoqda. Bungacha u «Olimpiakos», «Valensiya» va «Atletik» jamoalari bilan birga ushbu musobaqada qatnashgan. 

— Massimiliano Allegri murabbiy sifatida shu paytgacha yetti marta YeChL musobaqalarida qatnashib, hammasida guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan. «Yuventus»dagi so‘nggi uch mavsumining ikkitasida finalgacha borishni uddalagan.   

OLIMPIAKOS – SPORTING (23:45)

— «Olimpiakos» 18-marta YeChL guruh bosqichida qatnashmoqda. Bu boshqa bir grek klubi «Panatinaikos»dan ikki barobar ko‘pdir. Jamoaning eng yaxshi natijasi 1998/99 yilga to‘g‘ri keladi — chorak final. 

— «Sporting» YeChL dagi so‘nggi 4 o‘yinni boy bergan, ammo jamoa hech qachon turnirda qatorasiga 5 o‘yinni yutqazmagan.

— «Sporting» Seydu Dumbiya uchun YeChL dagi uchinchi jamoadir. Hujumchi shu paytgacha TsSKA  va «Bazel» jamoalarida to‘p surgandi. U musobaqada 14 gol urgan, bu Fil suyagi qirg‘oqlari vakili Dide Drogba (44) dan keyingi ko‘rsatkich.

— «Sporting» bosh murabbiyi Jorjye Jyezus YeChL da 40 o‘yinda murabbiy sifatida qatnashgan. Bu portugaliyalik murabbiylar ichida Joze Mourino (133) dan keyingi ko‘rsatkich. Uning eng yaxshi natijasi 2011/12 mavsumiga to‘g‘ri keladi. O‘shanda u «Sporting» bilan birga chorak finalgacha yetib borgandi.

Qahramon Aslanov tayyorladi

Mavzuga oid