Olmaotadagi xonadonlardan biridagi muzlatgichdan ikki nafar bolaning jasadi topildi, deb xabar qilmoqda NUR.KZ.

Olmaota ichki ishlar departamenti shaharning Turksib tumanidagi ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonda shunday topilmaga duch kelinganini tasdiqlagan.

«Ushbu ish bo‘yicha «qotillik» moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Boshqa tafsilotlarni ma'lum qila olmaymiz», – degan departamentda.

«NewTimes.kz» axborot agentligiga ko‘ra, qo‘shnilar yoqimsiz hidni sezishganidan so‘ng, politsiyani chaqirishgan. Eshik buzib ochilganidan so‘ng, ikki bola jasadi aniqlangan.

Xabar qilinishicha, xonadonda 3 farzandli ona ijarada yashagan, uning hozir qayerda ekani noma'lum.