O‘zbekiston | 01:03 / 12.09.2017
23188
2 daqiqa o‘qiladi

Prezidentning davlat maslahatchisi Surxondaryo va Qashqadaryoda sayyor qabul o‘tkazadi

Foto: O‘zA

2017 yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e'lon qilinganligi munosabati bilan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida joriy yilning 11–16 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Davlat maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov tomonidan sayyor qabul o‘tkaziladi.

 

Surxondaryo viloyatidagi tumanlarda o‘tkaziladigan sayyor qabul vaqtlari:

1. Sherobod tumani (Katta hayot mahallasidagi dam olish maskanida) 11.09 soat 16:00 da

2. Uzun tumani (tuman istirohat bog‘ida) 12.09 soat 10:00 da

3. Denov tumani (istirohat bog‘ida) 12.09 soat 15:00 da

4. Qumqo‘rg‘on tumani (Surxon suv ombori ma'muriy binosida) 13.09 soat 10:00 da

5. Angor tumani (Tollimarjon chorrahasi) 13.09 soat 15:00 da

6. Termiz shahri (Bobur parki) 14.09 soat 09:00 da

 

Qashqadaryo viloyatidagi tumanlarda o‘tkaziladigan sayyor qabul vaqtlari:

1. G‘uzor tumani (Transport kolleji binosida) 14.09 soat 15:00 da

2. Qarshi shahri (San'at kollejida) 14.09 soat 19:00 da

3. Mirishkor tumani (Palatkali shaharchada) 15.09 soat 10:00 da

4. Shahrisabz tumani (20-musiqa va san'at maktabida) 15.09 soat 16:00 da

5. Chiroqchi tumani (Ko‘kdala kollejida) 16.09 soat 10:00 da

Fuqarolar aytilgan manzillarga ko‘rsatib o‘tilgan sana va soatlarda kelib, o‘zlarini qiynayotgan muammolar va takliflarni bildirishlari mumkin.

 

Mavzuga oid