13:08 / 12.09.2017
11740

Putin prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun «roziligini» qachon e'lon qilishi aytildi

Foto: ntv.ru

Vladimir Putin nomzodini Rossiya prezidentligi uchun ilgari surish ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi: birinchisida u oshkora, fuqarolar bilan suhbat davomida yangi muddatga borishga rozi bo‘ladi. Ikkinchisida esa davlat rahbari «juda qisqa muddat ichida» mustaqil nomzod sifatida imzolarni yuridik jihatdan yig‘a boshlaydi. Bu haqda «Kommersant'» prezident ma'muriyatiga yaqin bo‘lgan ikki manbaga asosan xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, birinchi bosqichni 2017 yilning noyabrida boshlash rejalashtirilgan. Rejaga ko‘ra, prezident o‘z nomzodligi ilgari surilishiga «Jonli efir»ni eslatuvchi» shaklda «prinsipial tarzda rozi bo‘ladi». Putin fuqarolar bilan muloqot qiladi, ular ilgari surish haqidagi iltimos bilan teleefir vaqtida chiqish qilishadi. «'» manbasining aniqlik kiritishicha, Kremldagilar masalani dekabrga qadar hal qilish niyatida, sababi aks holda «bu soxta narsa kabi qabul qilinadi».

Putin kuzda birdaniga bir necha ichki siyosiy tadbirda ishtirok etishi lozim. 

Ikkinchi bosqichda esa Putinni yuridik jihatdan ilgari surish ro‘y beradi. Kremldagilarning taxminicha, davlat rahbari mustaqil nomzod bo‘ladi hamda uni qo‘llab-quvvatlash uchun imzolarni juda kech muddat ichida yig‘ishni boshlaydilar, bu rasmiy saylov kampaniyasi «maksimal qisqa» bo‘lishini ta'minlaydi. «Kommersant'» ma'lumo tlariga ko‘ra, imzolarni yig‘ish uchun «Yagona Rossiya» partiyasi faollari jalb etilishi mumkin, biroq faollar shtab a'zolari sifatida ishlaydilar.

Top