O‘zbekiston | 16:00 / 12.09.2017
50302
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasida chiqish qiladi

Bugun, 12 sentabr kuni Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi o‘z ishini boshlaydi. Anjuman doirasida umumiy majlis va umumyalpi siyosiy muhokamalar o‘tkaziladi.

Bosh Assambleyaning oliy siyosiy muzokaralari 19-25 sentabr kunlari mobaynida bo‘lib o‘tadi.

19 sentabr kuni, Assambleya Oliy muzokaralarining ilk kunida BMT bosh kotibi, AQSh, Armaniston, Afg‘oniston, Braziliya, Isroil, Polsha, Fransiya prezidentlari qatorida O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev ham minbarga chiqib, nutq so‘zlashi rejalashtirilgan.

Davlat rahbari Ostonada bo‘lgani kabi o‘zbek tilida nutq qilishi mumkin.

Muzokaralarning eng dolzarb mavzusi dunyo aholisi uchun munosib hayot yaratish hisoblanadi.

Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida Afg‘onistondagi vaziyat, narkotrafik masalalari, yadro qurolini tarqatmaslik, Markaziy Osiyo va dunyodagi ekologik muammolarni tilga olishi kutilmoqda.

Mavzuga oid