14:20 / 12.09.2017
16613

Tojikiston mustaqillik bayramini nishonlashda o‘zbekistonlik mehmonlar qatnashdi

Foto: Asia-Plus

Tursunzoda shahrida Tojikiston Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Ro‘zimurod Choriyev boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi. Bu haqda News.tj xabar bermoqda.

Mehmonlar shaharning iqtisodiy va madaniy yutuqlari bilan tanishishdi, so‘nggi yillarda qurilgan obektlarga yuqori baho berishgan.

Tursunzoda raisi Sujouddin Salomzodaning o‘z nutqida ta'kidlashicha, so‘nggi yarim yil davomida mahalliy tadbirkorlar tashabbusi bilan qiymati 48 mln somoniydan ortiq bo‘lgan xalq xo‘jaligi obektlari qurildi, yuzlab kishilar ish o‘rinlari bilan ta'minlandi. 

Foto: Asia-Plus

O‘zbekistonlik mehmonlar, jumladan, Sariosiyo tumani hokimi, Surxondaryo viloyatining mansabdor shaxslari, tadbirkorlar konsert dasturini tomosha qilishdi hamda Hissor qo‘rg‘oniga tashrif buyurishdi.

Foto: Asia-Plus

O‘zbekistonlik mehmonlarning Tojikistonga kelishi javob tashrifi bo‘ldi. Bir hafta avval Tursunzoda ijro hokimiyati vakillari Termizda O‘zbekiston mustaqilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etishgandi.

Top