O‘zbekiston Myanmadagi rohingyalarga gumanitar yordam ko‘rsatadi
O‘zbekiston Myanmadagi vaziyat, ayniqsa ushbu mamlakatda musulmon ozchilikni tashkil etuvchi rohingyalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari haqidagi xabarlarni tashvish bilan qarshi oldi. Bu haqda O‘zbekiston TIVning seshanba kuni e'lon qilingan bayonotida aytilgan.
«Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va BMT Nizomida belgilab qo‘yilgan tamoyillar, shuningdek Islom hamkorlik tashkiloti maqsad va vazifalariga tayangan holda O‘zbekiston zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishini qoralab, irqi, teri rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa qarashlari, millati yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mol-mulki, biror tabaqaga mansubligi yoki jamiyatdagi o‘rnidan qat'i nazar, har bir insonning barcha huquq va erkinliklari so‘zsiz ta'minlanishini yoqlab chiqadi», — deyilgan bayonotda.
«Shu munosabat bilan biz Myanma hukumatini begunoh musulmonlarga qarshi zo‘ravonliklarga barham berish va ularning oldini olish uchun barcha zarur choralarni qo‘llashga chaqiramiz», — deya qayd etiladi xabarnomada.
TIV, shuningdek O‘zbekiston hukumati myanmalik qochqinlar ehtiyojlari uchun gumanitar yordam yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilganini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi
Jahon | 01:39
-
Shimoliy dengiz sohillaridan ulkan kitning jasadi topildi
Fan-texnika | 00:38
-
«Payshanba kuni Turkiyada kutaman». Zelenskiy Putinni shaxsan uchrashishga taklif qildi
Jahon | 22:43 / 11.05.2025
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17 / 11.05.2025
Mavzuga oid

17:40 / 14.04.2025
Britaniyaning gumanitar yordamni qisqartirishi butun dunyo bo‘ylab 55,5 mln kishiga ta’sir qiladi

18:09 / 07.04.2025
Myanmadagi vayronkor zilzila sabablari aytildi

23:38 / 29.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi

16:15 / 29.03.2025