«Arsenal» futbol klubi bosh murabbiyi Arsen Venger jamoa hujumchisi Aleksis Sanches Chili termasi tarkibidagi o‘yindan so‘ng klub qarorgohiga ortiqcha vazn bilan qaytgani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
«Sanches – juda tartibli, jiddiy va mas'uliyatli futbolchi. U menga hozirda Angliya chempionati va Yevropa ligasi o‘yinlariga bor diqqatini qaratganini aytdi. Chili termasi muvaffaqiyatsiz o‘yin ko‘rsatdi, biroq, shunga qaramay, u klubga katta ishtiyoq va maydonga tushishga tayyor holatda qaytdi. U semirgani yo‘q, uning teri ostidagi yog‘ miqdori 10 foizdan ortiq emas. Sen g‘alaba qozonmayotgan bo‘lsang, kishilar muammolar qidirishni boshlashadi», - deya Vengerning so‘zlarini keltiradi Goal.