Video: Hokim maktab direktorlarini urdi
Kun.uz tahririyatiga Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida avgust oyi oxirida ro‘y bergan hodisa videosi yuborildi.
Bu videoda Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Mahmudovich Egamberdiyev tumandagi maktablarning direktorlarini yig‘ib, ularni bir qatorga tergan holda kaltaklagani tasvirlangan.
Tuman hokimining so‘zlaridan anglash mumkinki, maktab direktorlari Mustaqillik bayramiga o‘qituvchilarni olib kelmagani uchun jazolanishgan.
«Bechora rayono mudirini itdek qilaman, aslida sen ham aybdor. Nega rayoningni hurmat qilmaysan?», deya baqiradi hokim.
U direktorlardan birining yuziga urish barobarida «Vatan mustaqilligi sening mustaqilliging emasmi? Bayrammasmi?» deya so‘roqqa tutib, haqoratlashni davom ettiradi.
Kun.uz manbasining ma'lumotiga ko‘ra, tumanda Mustaqillik bayrami avvaliga 25 avgust kuniga belgilangandi, keyin bayram kuni 27 avgustga qoldirilgan. Maktab direktorlarining ayrimlari bayram uchun yiqqan odamlarini 27 avgust kuni ham takroran bayram hududiga olib kela olishmagan, ayrimlari bayram qaysi kunga qoldirilganidan bexabar ham bo‘lishgan. Natijada 27 avgust kuni bayramda tomoshabin kam bo‘lgan. Viloyat hokimi esa bayram yuqori saviyada tashkillashtirilmagan, deb Nosirjon Egamberdiyevga xayfsan bergan. Shundan so‘ng, tuman hokimi maktab direktorlaridan «alamini olgan».
Eslatib o‘tamiz, Nosirjon Egamberdiyev Sayxunobod tumaniga 2016 yilning oktabrida hokim etib tayinlangandi. U bungacha Sirdaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Kun.uz tahririyati tegishli davlat idoralari, xususan, O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi va Xalq ta'limi vazirligi bu holatga e'tibor qaratib, fuqarolarning poymol etilgan huquqlari tiklanishi uchun ish olib borishini so‘raydi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh: Ukraina bo‘yicha muzokaralar tufayli Rossiyaga bojlar joriy etilmaydi
Jahon | 09:40
-
“Mening bog‘im” loyihasining 2025 yilgi mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 09:18
-
Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 09:15
-
2025 yil uchun eng ishonchli avtomobillar e’lon qilindi: ular orasida Tahoe ham bor
Jahon | 09:00
Mavzuga oid

15:56 / 26.03.2025
Sirdaryoda stadionda odamlar ustiga haydalgan Captiva auksionda sotilib, puli davlat hisobiga o‘tkazildi

10:43 / 25.09.2024
Sirdaryoda odamlar ustiga Captiva haydagan erkak qamaldi. Uning mashinasi esa musodara qilingan

15:07 / 09.06.2024
Sirdaryoda somon ortib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi

15:19 / 07.04.2024