12:50 / 13.09.2017
8941

Xitoyda benzin o‘rniga bioetanolga o‘tish rejalashtirilmoqda

Foto: RIA "Novosti"

Xitoy hukumati 2020 yilga kelib mamlakat bo‘ylab bioetanoldan avtomobil yoqilg‘isi sifatida foydalanish uchun barcha sharoitni barpo qilishni rejalashtirmoqda. XXR taraqqiyot va islohotlar milliy komissiyasi va Milliy energetika ma'muriyatining qo‘shma bayonotida shu haqda so‘z yuritilgan, deb yozmoqda RIA Novosti.
 
13 sentabr kuni bioetanol ishlab chiqish va undan foydalanish bo‘yicha dastur qabul qilindi. Xitoy shu yo‘l bilan sifati xalqaro me'yorlarga mos keluvchi suyuq bioyoqilg‘i ishlab chiqish bo‘yicha zamonaviy tizim hamda zaruriy infratuzilmalarni barpo etadi. 

Top