Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klinton: Putin mendan qasos olmoqchi bo‘ldi
Foto: AP
AQSh sobiq davlat kotibi va mamlakat prezidentligiga sobiq nomzod Hillari Klintonning ma'lum qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin undan «qasos olish niyatida» bo‘lgan. Bunga uning turmush o‘rtog‘i, AQSh sobiq prezidenti Bill Klintonning siyosati sababchidir. Bu haqda sobiq davlat kotibi USA Today’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Men aniq bilamanki, Putin men mag‘lub bo‘lishim hamda Tramp g‘alaba qozonishini xohlagan. Ishonchim komilki, Tramp va uning rus pullari o‘rtasidagi moliyaviy aloqalarda tushunarsiz holat bor. Trampning saylovoldi shtabi va uning boshqa yordamchilari ruslar bilan aloqalari bor ekanini yashirish uchun juda ko‘p ishlashgan», - dedi Klinton.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin sharqiy Yevropa davlatlari NATOga kirgach, «qasos olishni» boshlagan.
Avvalroq Hillari Klinton prezidentlik lavozimi uchun o‘z nomzodini boshqa ilgari surish niyatida emasligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:26 / 15.01.2026
Putin Maduroni ag‘dargan Trampni tanqid qilishga jur’at etolmadi
15:51 / 15.01.2026
Bloomberg: Trampning maxsus vakillari Putin bilan uchrashishi mumkin
09:50 / 15.01.2026
Tramp: Putin tinchlikni istayapti, kelishuvga Zelenskiy to‘sqinlik qilyapti
22:33 / 09.01.2026